Huawei 1
Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti universitetga aylandi

Prezident qaroriga asosan, universitet gidroenergetika, irrigatsiya, melioratsiya, ekologiya va atrof-muhit muhofazasi kabi yo‘nalishlarda kadrlar tayyorlovchi tayanch OTM deb belgilandi.

Quyidagilar Universitetning asosiy faoliyat yo'nalishlari etib belgilandi:

- gidroenergetika, irrigatsiya tizimlarini boshqarish, suv xo'jaligi ob'ektlari qurilishi, kadastr va geoinformatika, “yashil iqtisodiyot”, “yashil energetika”, ekologiya va atrof-muhit muhofazasi, qishloq xo'jaligi mashinasozligi, raqamli texnologiyalar tarmoqlari uchun oliy ma'lumotli muhandis kadrlarni tayyorlash;

- sug'orish tizimlari samaradorligini oshirish, tejamkor sug'orish texnologiyalarini yaratish, “raqamli qishloq xo'jaligi” va geoaxborot tizimlari asosida yerlarning meliorativ holatini baholashni yo'lga qo'yish hamda tuproq unumdorligini oshirishning takomillashgan usullarini ishlab chiqish;

- zamonaviy o'quv va ilmiy-laboratoriya bazasini shakllantirish, uni ilg'or texnologik asbob-uskunalar bilan jihozlash hamda sohani rivojlantirishga qaratilgan ilmiy-innovatsion tadqiqotlarni kengaytirish va ularning transferi bo'yicha samarali tizimni shakllantirish;

- ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi ilmiy tadqiqotlar natijadorligini oshirish, suv resurslarini hisobga olish va boshqarish tizimini takomillashtirish, gidrotexnika inshootlarini loyihalash, qurish va foydalanishni raqamlashtirish borasida ilmiy yechimlarni ishlab chiqish;

- ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo'yicha uzluksiz ta'lim tizimini yaratish;

- yetakchi xorijiy oliy ta'lim muassasalari bilan qo'shma ta'lim dasturlari va ilmiy loyihalarni joriy etish, Universitet professor-o'qituvchilarining malakasini oshirish, bitiruvchilarning respublika va xorijiy oliy ta'lim muassasalarida (ilmiy markazlarda) magistratura va doktorantura dasturlari bo'yicha tahsil olishlarini tashkil etish;

- o'quv jarayonini talabalarda mustaqil ta'lim olish, tizimli tahlil qilish, ijodiy fikrlash va amaliy, jumladan, tadbirkorlik ko'nikmalarini shakllantirishga yo'naltirish;

- o'quv jarayoniga xalqaro ta'lim standartlarini joriy etish, ta'lim va tadqiqotni uyg'unlashtirish orqali iqtisodiyot tarmoqlari uchun eng ilg'or innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish;

- tasarrufidagi ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish, ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 12711 | Инструменты