Qoraqalpog‘istonning Qozog‘iston bilan chegara qismida joylashgan Dovut ota chegara bojxona postidagi qurilish-rekonstruksiya ishlarining ikkinchi bosqichi boshlandi. Bu haqda Qoraqalpog‘iston bojxona boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.
Boshqarmada Bojxona qo‘mitasining Kapital qurilish boshqarmasi boshlig‘i Sh.Nishanbayev va hududiy boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari O. Mahmadaliyev ishtirokida postdagi qurilish-rekonstruksiya ishlari bo‘yicha injenering, pudratchi va loyihachi korxonalar mas’ullari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Birinchi bosqichda terminal qurilishi nihoyalanib, qurilishning ikkinchi bosqichi boshlanmoqda.
Uning doirasida chegara darvozalari va devorlari qurilishi bilan bir vaqtda post hududida kommunikatsiya tarmoqlarini yangilash hamda kosmetik pardozlash ishlari rejalashtirilmoqda.
Uchrashuvda ikkinchi bosqichni sifatli va o‘z muddatida, shuningdek, faol amalga oshirish muhokama qilindi.
Shuningdek, obyektda bajarilayotgan qurilish ishlari sifatini nazorat qilish, yuzaga kelayotgan muammolar, shu jumladan, birinchi bosqich qurilishida aniqlangan kamchiliklarni zudlik bilan bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga topshiriqlar berildi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 61615 | Инструменты