Toshkent metrosida to‘rtta bekatning yopiq vestibyullari qayta ochiladi

Toshkent metropoliteni axborotiga ko‘ra, uzoq yillar davomida yo‘lovchi oqimi kamligi sabab faoliyat yuritmagan mazkur vestibyullarda texnik yangilash ishlari amalga oshirilib, barcha zarur injener-texnologik jarayonlar yakunlangan.

Qayd etilishicha, bekatlar zamonaviy texnik jihozlar bilan taʼminlangan bo‘lib, bu yo‘lovchi oqimini ravon taqsimlash, bekatlarga kirish-chiqishdagi tirbandliklarni kamaytirishga xizmat qiladi.

Metropoliten maʼmuriyati Toshkent shahri aholisi va mehmonlari uchun qulay va xavfsiz transport xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha ishlar izchil davom ettirilishini maʼlum qilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 121022 | Инструменты