Toshkent metrosining yana 19 ta bekatida kassalar yopilmoqda

Avval xabar berganimizdek, Toshkent metropolitenida to‘lov tizimida shaffoflikni ta’minlash, kassalar oldida yuzaga keladigan tirbandliklarning oldini olish hamda yo‘lovchilarga yanada qulay va tezkor xizmat ko‘rsatish maqsadida kassalarni bosqichma-bosqich yopish hamda yo‘lovchilarga yanada qulay to‘lov tizimi yaratishda ishlari amalga oshirilmoqda.

Mazkur jarayon doirasida yana jami 19 ta metro bekatlaridagi kassalar yopilishi rejalashtirilgan bo‘lib joriy yilning 1-fevral sanasidan boshlab ketma-ketlikda o‘z faoliyatini to‘xtatadi hamda kassalar o‘rniga bir martalik QR-chipta beruvchi infokioskalar o‘rnatilishi belgilangan.

Shuningdek, Toshkent metropolitenida elektron to‘lov tizimlari bosqichma-bosqich kengaytirilib, hozirda yo‘lovchilar uchun:

 • bank kartalari orqali to‘lov,
 • transport kartalari orqali to‘lov,
 • yuzni tanib olish (Face ID),
 • kaft orqali to‘lov (Palm pay),
• mobil ilovalar orqali to‘lov
kabi 10 dan ortiq zamonaviy va qulay to‘lov usullaridan foydalanish imkoniyatlari mavjud.

Toshkent metropoliteni yo‘lovchilarga qulay, tezkor va zamonaviy xizmat ko‘rsatishni ustuvor vazifa deb biladi hamda bu boradagi ishlar izchil davom ettiriladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 20216 | Инструменты