Poytaxt IIBB matbuot xizmatining Kun.uzʼga maʼlum qilishicha, holat bo‘yicha bir qancha ekspertizalar tayinlangan, xulosaga ko‘ra haydovchiga nisbatan ehtiyot chorasi masalasi ko‘rib chiqiladi.
Eslatib o‘tamiz, 19 sentyabr kuni Toshkent shahar Sergeli tumanida avtobusdan tushib, yo‘lning belgilanmagan joyidan kesib o‘tayotgan o‘quvchini yuqori tezlikda harakatlanib kelgan BYD urib yuborgan edi. 9 yoshli o‘quvchi qiz olgan tan jarohatlari sababli kasalxonaga olib borilgan vaqtda vafot etgan.
O‘shanda Toshkent shahar IIBB holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (“Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish”) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini maʼlum qilgan edi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122117 | Инструменты