Huawei 1
Toshkent shahrida ota 1,7 mlrd so‘m aliment to‘ladi

Toshkent shahrida ota hali 1 yoshga to‘lmagan farzandining 18 yoshga to‘lgunga qadar ta’minoti uchun alimentni oldindan to‘lab berdi. 

Ma’lum bo‘lishicha, MIBning Yashnobod tuman bo‘limiga mazkur ishning ijro hujjati kelib tushgan. Davlat ijrochilarning ota bilan suhbatlari natijasida u hali 1 yoshga ham to‘lmagan farzandi uchun voyaga yetgunga qadar alimentni to‘lash niyatini bildirgan. 

Shundan so‘ng aliment pullari otaga hisoblab berilgan. Farzand ta’minoti uchun 18 yoshga to‘lguncha berilishi kerak bo‘lgan summa esa 1 mlrd 780 mln so‘mni tashklil qilgan. Erkak bu summani oldindan to‘lab bergani sababli ijro hujjati amalda tamomlangan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 41805 | Инструменты