Huawei 1
Toshkent shahrida tez yordam xodimi tomonidan yolg‘on xabar tarqatildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga go‘shtdan zaharlanib murojaat qilayotgan bemorlar soni ortgani haqida turli xabarlar tarqaldi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi ushbu maʼlumotlar mutlaqo asossiz va haqiqatga zid ekanligini maʼlum qildi.

Shuningdek, shifoxona va Sog'liqni saqlash boshqarmasi bilan bog'lanilganda, video xabarda zaharlanganlik haqida ma'lumot bergan fuqaro Tez yordam xodimi ekanligi va yolg'on xabar tarqatganligi aniqlandi. 

Xodim yolg'on xabar tarqatganligi tufayli prokuratura organi ushbu ishni ko'rib chiqmoqda. 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91923 | Инструменты