Huawei 1
Toshkent shahridagi LED ekranli reklamalarning yorug‘lik darajasi me’yorga keltiriladi

Toshkent shahrida kelgusi ikki oy ichida barcha Led ekranli tashqi reklama obyektlari meʼyorga keltiriladi. Bu haqda Raqamli rivojlanish departamenti tashqi reklama loyiha ofisi rahbari Alixon Ahmadjonov xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, Toshkent shahar aholisi va mehmonlaridan shahar hokimligiga kunning qorong‘u vaqtida Led ekranlaridan chiqayotgan yorug‘lik noqulay ekanligidan shikoyatlar kelib tushgan. Shu sabab hokimlik tomonidan masofadan yorug‘lik o‘lchovchi uskunalar xarid qilingan.

O‘rganishlar natijasiga ko‘ra, ayrim LED ekranlarning yorug‘lik darajasi tunning qorong‘u vaqtida meʼyoridan 50 baravargacha yuqori darajada bo‘lgan. Shaharsozlik normalarida tungi vaqtda yorug‘lik diodli monitorlarning maksimal yorug‘lik darajasi 100 kandel/kv.m etib ko‘rsatilgan. Shahardagi ekranlarning 90 foizdan ko‘p qismi meʼyordan yuqori yorug‘lik tarqatishi aniqlangan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122404 | Инструменты