Huawei 1
Toshkent shahrining 2 ta tumani suv ta'minotidan ma'lum muddatga uziladi

Toshkent shahri Sergeli tumani Qipchoq (Xonobod) ko‘chasi bo‘ylab TXAY dan Fayzli ko‘chasigacha bo‘lgan hududda yer usti metrosi qurilish jarayonida D-300mm va D-1000mm tarmoqlarni ko‘chirib o‘tкazish ishlari jarayonida, joriy yilning 29-iyun soat 22:00dan 30 iyun soat 12:00ga qadar ichimlik suv taʼminoti to'xtatiladi

Ichimlik suvi to‘liq to‘xtatiladigan joylar:

1) Sergeli tumani “Ziyokor” mahallasi.

2) Sergeli tumani “Nomdanak” mahallasi.

3) Sergeli tumani “Qorasuv” mahallasi, poliklinika.

4) Sergeli tumani “Taraqqiyot” mahallasi.

5) Sergeli tumani “Xonobod” mahallasi, maktab va 17 ta ko‘pqavatli uylar.

6) Sergeli tumani “Qushbegi” mahallasi.

7) Sergeli tumani “Xonobodtepa” mahallasi, hokimiyat 1-setor shtabi, qabriston, masjid, asfalt zavod va ishlab chiqaruvchi korxonalar.

8) Sergeli tumani “Quruvchilar” mahallasi, maktab va bog‘cha.

9) Sergeli tumani “Daryo bo‘yi” mahallasi, maktab, bog‘cha, OBD qozonxona, o‘t o‘chirish bo‘linmasi, qabriston, ko‘pqavatli uylar va ishlab chiqaruvchi korxonalar.

10) Sergeli tumani “Fayzli” mahallasi, bog‘cha.

11) Sergeli tumani “Jaloir” mahallasi.

12)Sergeli tumani “Qipchoq” mahallasi va masjid.

Sergeli tumanida ichimlik suv bosimi pasayadigan joylar:

  1. “Sug‘diyona” mahallasi.

  2.“Sofdil” mahallasi.

Yangixayot tumanida ichimlik suv bosimi pasayadigan joylar:

1. “Qipchoq”maxallasi.

2. “Yo‘ldosh”mahallasi.

3. “Al-Farg‘oniy”maxallasi, ko‘pqavatli uylar.

4. “Viqor” mahallasi, 2 qavatli uylar, maktab va bog‘cha.

5. “Olchazor” mahallasi.

6. “Do‘stlik” mahallasi.

7. “Chortoq” mahallasi, maktab, shpris zavodi va ishlab chiqaruvchi korxonalar.

8. “Charog‘on” mahallasi ko‘pqavatli uylar va bog‘cha.

9.Tug‘ruqxona.

10. Poliklinika №37.

11. KVD.

12. O‘likxona.

13. Yangihayot tuman xohimiyati.

14. Doka xleb.

15. “Toshkent” mahallasi.

16. Metall zavodi.

17. 12-avtobuslar saroyi.

18. KNS.

19. “Grin park”

20. “Evrika” xususiy bog‘chasi.

Ma'lumot o'rnida, ichimlik suvi vaqtinchalik to‘xtatilgan manzillarda maxsus texnika yordamida ichimlik suvi yetkazib beriladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 82800 | Инструменты