Oliy Majlis Senatining 2-iyundagi qaroriga muvofiq 4 nafar sudya Sudyalar oliy kengashi a'zosi etib tayinlandi. Jumladan:
1. 1981 yilda Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan , avval Toshkent shahar ma’muriy sudining sudyasi lavozimida ishlagan Nurali Javliyev;
2. 1980 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, avval Toshkent shahar sudining fuqarolik ishlari bo‘yicha sudyasi lavozimida ishlagan Durdonaxon Abdukaxarova;
3. 1983 yilda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan, avval Toshkent shahar sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudyasi lavozimida ishlagan Elbekjon Turgunboyevlar o‘n yillik muddatga Oliy sud sudyasi lavozimiga tayinlanishdi.
Shuningdek, 1976 yilda Xorazm viloyatida tug‘ilgan, avval Toshkent shahar sudining fuqarolik ishlari bo‘yicha sudyasi lavozimida ishlagan Guzal Ziganshina besh yillik muddatga o‘z faoliyatini doimiy asosda amalga oshiruvchi Sudyalar oliy kengashi a’zolari – Sudyalar oliy kengashi sudyasi lavozimiga saylandi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 32602 | Инструменты