Toshkent tumanida joylashgan sexda yong‘in bo‘layotganligi aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarga sizdirildi. Ushbu holat yuzasidan Toshkent viloyati FVB Matbuot xizmati maʼlumot yerdi.
Unga ko‘ra, bugun, 22 noyabr kuni soat 11:43 atrofida Toshkent viloyati Toshkent tumani “Obodlik” MFY Oybek ko‘chasida joylashgan MCHJning biriga qarashli binoda yong‘in sodir bo‘lgan.
Voqea sodir bo‘lgan joyga zudlik bilan Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasisha qarashli 7 ta yong‘in o‘chirish ekipajlari jalb qilingan. Ekipajlar yong‘in joyiga soat 11:50 da yetib borib, soat 13:30 da yong‘in to‘liq o‘chirilgan.
"Hozirda sodir bo‘lgan yong‘inning kelib chiqishi sababini aniqlash bo‘yicha surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va vafot etganlar yo‘q", - deyiladi xabarda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 112221 | Инструменты