Toshkent va Namangan viloyatlari hududlarida qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi
O‘zgidromet 16-23 mart kunlari qor ko‘chish xavfidan ogohlantirdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 16-23 mart kunlari havo haroratining o‘zgarishi sababli respublikaning dengiz sathidan 2000 metr va undan yuqori tog‘li hududlarida, jumladan:
— Toshkent viloyati: Parkent, Ohangaron, Bo‘stonliq tumanlarida va Chotqol tizmasining “Chimyon” tog‘larida;
— Namangan viloyatining Pop tumanida qor ko‘chish xavfi e’lon qilinadi.
"Tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda tog‘li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishlarini so‘raymiz", - deyiladi xabarda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 42817 | Инструменты