Huawei 1
Toshkent va Pusan yo‘nalishi bo‘yicha muntazam aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi

Janubiy Koreyaning Pusan shahriga "Qanot Sharq" aviakompaniyasining ilk samolyoti kelib qo‘ndi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Anʼanaga ko‘ra, samolyot suv arkasi bilan tantanali ravishda kutib olindi. “Pusan-Toshkent” yo‘nalishi bo‘yicha ilk parvoz arafasida aeroportda mazkur havo qatnovining tantanali ochilish marosim bo‘lib o‘tdi.

Kimxe xalqaro aeroporti va "Qanot Sharq" aviakompaniyasi vakillari ramziy qizil lentani kesib, 285 nafar yo‘lovchiga mo‘ljallangan birinchi reysga ro‘yxatdan o‘tish jarayonini boshlab berdilar.

Shu tariqa, "Qanot Sharq" aviakompaniyasi Toshkent va Pusan o‘rtasida muntazam qatnovlarni yo‘lga qo‘ydi. Parvozlar qulay A-330 samolyotlarida haftasiga  ikki marta – chorshanba va payshanba kunlari amalga oshiriladi.

Pusanlik yo‘lovchilar ilgari Toshkentdan Seulga uchib kelishlari, keyin esa yana to‘rt soatlik yo‘l bosib Pusanga yetib borishlari kerak edi. Bu esa ortiqcha vaqt va mablag‘ talab qilardi. Endilikda to‘g‘ridan-to‘g‘ri Pusan shahriga parvoz qilish imkoniyati yaratildi. Bu yo‘lovchilar uchun ulkan qulaylik va yengillik demakdir. Yangi reys nafaqat vaqtni tejaydi, balki sayohatni yana-da yoqimli, tez va samarali qiladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 62316 | Инструменты