Huawei 1
23-iyun kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan muhim voqealar dayjesti

Iordaniyadan Toshkentga charter reys tashkil etilmoqda

24-iyun kuni Iordaniyaning Akaba shahridan Toshkentga charter reys tashkil etilmoqda. Isroildagi elchixona chegaradan o‘tishda amaldagi xorijga chiqish pasporti va boshqa zarur hujjatlar bo‘lishi lozimligini eslatdi.

Qabul tugashiga 2 kun qoldi: O‘qishga kirish uchun 547 ming 248 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tdi

Bugun, 23-iyun 10:00 holatiga oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun 547 ming 248 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tdi.

Samarqandda BMTning Davlat xizmati forumi o'z ishini boshladi

Forum 23-25-iyun kunlari bo'lib o'tadi va unda Yevropa, Osiyo, Afrika hamda Lotin Amerikasining o'nlab mamlakatlaridan vazirlar, davlat organlari, xalqaro tashkilotlar, ilmiy doiralar, fuqarolik sektori va biznes vakillaridan iborat rekord darajadagi ishtirokchilar soni qayd etilishi kutilmoqda.

Raqobat qo‘mitasi bloger (vayner)larga reklama qonunchiligi buzilishi yuzasidan tegishli choralar ko‘rdi

Olib borilgan o‘rganishlarda ijtimoiy tarmoqlarda bir necha yuz minglab kuzatuvchilariga ega bo‘lgan blogerlar o‘zlariga tegishli sahifalarda bukmekerlik xizmatlarini reklama qilayotgan holatlari kuzatilgan.

Shavkat Mirziyoyev BMTning davlat xizmati bo‘yicha Forumi ishtirokchilariga tabrik yo‘lladi

“2030 yilga qadar 5 yil: Barqaror kelajak uchun xizmat ko‘rsatish jarayonlarini jadallashtirish” mavzuida o‘tkazilayotgan mazkur xalqaro anjuman global taraqqiyotda muhim o‘rin tutadigan davlat boshqaruvi va davlat xizmati tizimini takomillashtirish, uni zamon bilan hamnafas holda yangi bosqichga ko‘tarish, kadrlar salohiyati va ularning faoliyat samaradorligini oshirish, bu borada xalqaro hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qilishi shubhasiz”, dedi prezident.

O‘zbekiston va Ozarbayjon savdo aylanmasini 2030-yilga borib 1 mlrd dollarga yetkazmoqchi

Bokuda Hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo qo‘shma komissiya yig‘ilishi hamda O‘zbekiston va Ozarbayjon hududlararo forumi bo‘lib o‘tdi.

Oqqo‘rg‘onda kadastr xodimi 1200 dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumanidagi noqonuniy yerda uy-joy qurish uchun ruxsat olib berish uchun 1200 dollar talab qilgan kadastr xodimi ushlandi.

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan Mo‘g‘ulistonda bo‘ladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Mo‘g‘uliston Prezidenti Uxnaagiyn Xurelsuxning taklifiga binoan 24-25-iyun kunlari davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatda bo‘ladi.

O‘zbekiston Xitoy bankidan yarim mlrd dollar qarz olmoqda

Xitoy Eksport-import banki bilan $500 millionlik qarz shartnomasi imzolandi.

O‘zbekistonda kuryerlik faoliyatini amalga oshirish tartibi belgilandi

“Elektron tijoratda kurerlik xizmati faoliyatini amalga oshirish tartibi to'g'risida”gi nizom Adliya vazirligida davlat ro'yxatidan o'tkazildi.

Hunnu Air Ulan-Batordan Toshkentga to‘g‘ridan to‘g‘ri qatnovlarni boshlaydi

Tegishli kelishuvga muvofiq “Hunnu Air” aviakompaniyasi joriy yil sentyabr oyida Ulan-Batordan Toshkentga ilk parvozni amalga oshirishni rejalashtirmoqda.

O‘zbekiston–Mongoliya biznes-forumi bo‘lib o‘tdi

Tadbirda ikki mamlakatning vazirlik va idoralari, hududlar, tarmoq uyushmalari rahbarlari hamda 300 dan ortiq kompaniya vakillari ishtirok etdi.

Haftaning birinchi yarmida O‘zbekiston hududiga janubdan yana quruq va issiq havo kirib keladi

23-25 iyun kunlari havo harorati kunduz kunlari 38-41 darajagacha, janubda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda 42-44 darajagacha ko‘tariladi.

Londonda O‘zbekiston turizmi, madaniyati va milliy taomlari festivali o‘tkazildi

London shahridagi mashhur “Tower Bridge” oldida “Potters Field Park” xiyobonida an’anaviy O‘zbekiston turizmi, madaniyati va milliy taomlari festivali bo‘lib o‘tdi.

Rossiya ishtirokida O‘zbekistonda Yadro tibbiyoti markazi tashkil etiladi

Sankt-Peterburg xalqaro iqtisodiyot forumi doirasida O‘zatom va S. Berezin nomidagi tibbiyot instituti o‘rtasida O‘zbekistonda Yadro tibbiyoti markazini tashkil etish loyihasini amalga oshirishning asosiy shartlari to‘g‘risidagi bitim imzolandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 62319 | Инструменты