Huawei 1
Toshkent va viloyat markazlarida ayrim transport vositalaridan foydalanish taqiqlanishi mumkin

"Atmosfera havosiga transport vositalarining salbiy ta’sirini kamaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi hukumat qarori loyihasi e’lon qilindi.

Loyihaga ko'ra, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Transport vazirligining quyidagi takliflari qabul qilinishi mumkin:

- yuridik va jismoniy shaxslarning foydalanuvida bo‘lgan benzin, dizel va gaz dvigatellari bilan jihozlangan M va N toifalardagi g‘ildirakli transport vositalaridan ifloslantiruvchi moddalar tashlamalarining atmosfera havosiga zararli ta’siri bo‘yicha yo‘l qo‘yiladigan normativlar (transport vositalari tashlamalarining normativlari)ga mosligini nazorat qilish tizimini joriy etish;

- atmosfera havosiga zararli ta’siri transport vositalari tashlamalarining normativlaridan yuqori bo‘lgan transport vositalariga nisbatan kompensatsiya to‘lovlarini va (yoki) ulardan foydalanishni cheklash choralarini tatbiq etish;

- transport vositalari tashlamalarining normativlarga mosligini nazorat qilish ishlariga tadbirkorlik subyektlarini jalb qilish;

- hududlarda “Eko post”larni tashkil etish uchun xususiy investitsiya mablag‘larini jalb qilish va yangi ish o‘rinlarini yaratish;

- gaz, benzin va dizel dvigatellari bilan jihozlangan M va N toifalaridagi g‘ildirakli transport vositalarini foydalanish va ularni sotish maqsadida "vaqtincha olib kirish» va «erkin muomalaga chiqarish (import)" bojxona rejimiga joylashtirish ularning zaharlilik darajasi Yevro-4 va undan yuqori yoxud Yevro-4da keltirilgan ekologik talablardan past bo‘lmagan o‘xshash ekologik toifa talablariga muvofiqligini ekologik sertifikatlash tartibida amalga oshirilishi.

Belgilab qo‘yilishicha:

a) transport vositalari tashlamalarining normativlarga mosligini nazorat qilish laboratoriya sinovlarini o‘tkazish orqali quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:

- 2024 yil 1 iyuldan boshlab – barcha davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, davlat korxonalari va ustav kapitalida davlat ulushi bo‘lgan tashkilotlar foydalanuvida bo‘lgan transport vositalari uchun majburiy tartibda;

- 2025 yil 1 yanvardan boshlab – barcha boshqa yuridik shaxslar foydalanuvida bo‘lgan transport vositalari uchun ixtiyoriy tartibda;

- 2025 yil 1 iyuldan boshlab – barcha jismoniy shaxslar foydalanuvida bo‘lgan transport vositalari uchun ixtiyoriy tartibda;

b) atmosfera havosiga zararli ta’siri transport vositalari tashlamalarining normativlaridan yuqori bo‘lgan transport vositalari bo‘yicha:yuridik shaxslarga – kompensatsiya to‘lovlarini tatbiq etish va 2025 yil 1 sentabrdan tashlamalarining normativlarga mosligi tasdiqlanmagan transport vositalaridan Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyat markazlari hududida foydalanishni man etish;

- jismoniy shaxslarga – 2025 yil 1 sentabrdan tashlamalarining normativlarga mosligi tasdiqlanmagan transport vositalaridan Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyat markazlari hududida foydalanishni taqiqlash choralari qo‘llanadi;

- v) transport vositalarini majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazish jarayonlarida transport vositalari tashlamalarining normativlarga muvofiqligini baholash talab etilmaydi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 42006 | Инструменты