Huawei 1
Toshkent viloyatida 2 mlrd. 284 mln. soʻmlik elektr energiyasidan oʻgʻrincha foydalangan noqonuniy maynerlar aniqlandi

Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent viloyati boʻyicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti, Ichki ishlar vazirligi va “Oʻzenergoinspeksiya”ning hududiy boshqarmalari bilan hamkorlikda bir nechta tezkor tadbirlar oʻtkazildi.

Xususan, Yangiyoʻl shahrida yashovchi, 1993-y.t. I.N. 10 dona “Antminer L3++” rusumli mayning qurilmalarini oʻzboshimchalik bilan umumiy foydalanishdagi elektr tarmogʻiga ulab, mayning faoliyati bilan shugʻullanishi natijasida, davlat manfaatlariga 1 mlrd. 19 mln. 400 ming soʻm miqdorida zarar yetkazgan.

Qibray tumanida istiqomat qiluvchi, 1998-y.t. R.J.ning xonadoni koʻzdan kechirilganda, u hech qanday ruxsatnomasiz mayning faoliyati bilan shugʻullanib, 685 mln. 939 ming. soʻmlik elektr energiyasini talon-toroj qilganligi aniqlandi va undan 2 ta toʻplamda boʻlgan mayning qurilmalari ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olindi.

Qibray tumanida kuzatilgan yana bir holatda, 1982-y.t. M.S. oʻzining yashash manzilida kriptovalyuta ishlab chiqarish faoliyati bilan qonunga xilof ravishda shugʻullanib, 3 ta toʻplamda boʻlgan mayning qurilmalaridan foydalanishi natijasida, elektr energiyasi boʻyicha davlat manfaatlariga 579 mln. 474 ming soʻm miqdorida zarar yetkazgan.

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 169-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 60602 | Инструменты