Huawei 1
Toshkent viloyatida betonchi 21 oy davomida maosh olmadi

Toshkent viloyatidagi korxonada betonchi bo‘lib ishlab kelgan fuqaroga uning 21 oylik ish haqi to‘lanmadi. Bu haqda Inson huquqlari bo‘yicha vakil xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, viloyatda joylashgan “Ohangaronshifer” AJda 2002 yildan buyon betonchi bo‘lib ishlab kelayotgan I.P. ismli ushbu fuqaro 21 oy davomida – 2023 yil martdan 2024 yilning dekabrigacha ish haqini ololmagan.

Fuqaro shundan so‘ng o‘zining mehnat munosabatlaridagi buzilgan deb hisoblagan huquqlarini tiklash maqsadida Ombudsmanga murojaat qilgan. Murojaat nazoratga olinib, tegishli hujjatlar o‘rganilgan hamda fuqaro manfaati uchun sudga da’vo arizasi kiritilgan.

Sud qaroriga asosan ish haqi, o‘z vaqtida to‘lanmagan ish haqi uchun kompensatsiya, ma’naviy zarar uchun jami 93,4 million so‘m fuqaro foydasiga undirilishi belgilangan.

Shu bilan birga, javobgar ish beruvchidan O‘zbekiston Mehnat muhofazasi va sanoat xavfsizligi mutaxassislari uyushmasining foydasiga mutaxassis xarajati uchun 1,8 million so‘m hamda 4 million so‘m davlat bojini undirish belgilangan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 41523 | Инструменты