Bugun, 12-may kuni soat tahminan 09:30 larda Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumani hududidan o‘tgan D 014 “G‘azalkent sh. — Chirchiq sh. — Yangibozor q. — Jumabozor q. — O‘rtasaroy q. — Nurafshon sh.” avtomobil yo‘lining 46-kilometrida haydovchi 1973-yilda tug‘ilgan K. Sh boshqaruvidagi "Toza hudud DUK" ga qarashli “Isuzu” rusumli maxsus yuk avtomobilining dvigatel qismida qisqa tutashuv tufayli yong‘in kelib chiqqan.
O‘t o‘chiruvchilar tomonidan yong‘in to‘liq o‘chirilgan. Yong‘in natijasida harakat ishtirokchilari sog‘lig‘iga ziyon yetmagan.
Hozirda holat yuzasidan Yuqori Chirchiq tumani FVB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 51217 | Инструменты