5–7-noyabr kunlari O‘zbekiston hududida havo haroratining keskin o‘zgarishi kutilmoqda. Shu sababli Toshkent viloyatining ayrim tog‘li hududlarida qor ko‘chish xavfi yuzaga kelishi mumkin.
O'zgidromet xabariga ko‘ra, xavf quyidagi tumanlarda e’lon qilingan:
- Bo‘stonliq, Ohangaron va Parkent tumanlarida, dengiz sathidan 2000 metr va undan yuqori balandliklarda qor ko‘chish xavfi mavjud.
Mutaxassislar tog‘li hududlarda yashovchi aholini, dam oluvchilarni hamda tog‘ yo‘llarida harakatlanuvchi haydovchilarni ehtiyotkorlikka va xavfsizlik choralariga rioya etishga chaqirmoqda.
Eslatma: Ob-havo sharoitlaridagi o‘zgarishlar sababli tog‘li yo‘nalishlarda harakatlanishdan oldin rasmiy ogohlantirish va ob-havo ma’lumotlarini kuzatib borish tavsiya etiladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 110603 | Инструменты