Huawei 2
Toshkent viloyatida YPX xodimlaridan qochishga uringan haydovchi mashinasidan mingdan ortiq pirotexnika vositasi topildi

7-dekabr kuni Bekobod tumani hududida joylashgan “Oybek” YPX maskanida tungi xizmatga jalb qilingan YPX xodimlari tomonidan to‘xtatilgan "Cobalt" haydovchisi inspektorning ishorasiga bo‘ysunmay, yo‘nalishida davom etgan. Xodimlar tomonidan ko‘rilgan choralar natijasida to‘xtatilgan haydovchi F.Q. boshqaruvidagi mashina yukxonasida fuqaro 1988 yilda tug'ilgan Z.B. (ayol)ga tegishli bo‘lgan 1 104 quti turli hajm va ko‘rinishdagi pirotexnika vositasi borligi aniqlanib, hujjatlashtirilib olingan.

Hozirda holat yuzasidan IIB tomonidan tergovga qadar surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga