Toshkent viloyatining tog‘li Bo‘stonliq tumanidagi Oqtosh qishlog‘ida bodom gulladi. Bu haqda iqlimshunos Erkin Abdulahatov ma'lum qildi.
"Oy davomida yuqori issiqlik to‘lqinlari daraxtlar tanasiga issiqlik stressini ulashishda davom etmoqda.
Hatto tog‘larda qishgi uyquga otlangan, bodom daraxtida qayta faollik hamda gullash davri kuzatilibdi. Bu hudud uchun ommaviy gullashga o‘xshamaydi. Menimcha, mikroiqlim yoki daraxt ildizi atrofida issiqlik uzatish tizimlari taʼsiri bo‘lishi mumkin (balki daraxt fiziologiyasida muammolar bordir).
Ammo, shunga qaramay bu hodisa tog‘ landshafti uchun juda noodatiy hodisa hisoblanadi", - deya yozgan mutaxassis.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122622 | Инструменты