Toshkent xalqaro aeroportida bojxona nazoratidan o‘tish tartibi yanada soddalashtirildi. Bu haqida "Uzbekistan Airports" xabar berdi.
Ma'lum bo'lishicha, xalqaro aeroportining uchib ketish terminalida masofaviy bojxona nazorati tizimi ishga tushirildi. Mazkur tizim nazorat kameralari va parvoz haqidagi oldindan olingan ma’lumotlarni tahlil qilish orqali yo‘lovchilar va ularning yuklarini bilvosita bojxona nazoratidan o‘tkazish imkonini beradi.
Terminalning butun perimetri bo‘ylab o‘rnatilgan kameralar bojxona organlariga real vaqt rejimida masofadan turib vaziyatni kuzatish va faqatgina zarur hollarda yo‘lovchilarni bojxona ko'rigidan o'tkazish imkonini beradi.
Bu esa, o‘z navbatida, xorijga ketayotgan yo‘lovchilarning bojxona nazoratidan tezroq va hech qanday kechikishlarsiz o‘tishini ta'minlaydi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 11811 | Инструменты