Huawei 1
LexAI huquqiy chat-boti yaratildi

Adliya vazirligi bilan hamkorlikda LexAI huquqiy chat-boti yaratildi.

Mazkur loyiha davlat budjeti ishtirokisiz, to‘liq bepul amalga oshirilgan. Bugungi kunda chat-botning birinchi funksiyasi huquqiy masalalarga tezkor javob berish imkoniyatini taqdim etmoqda.

Yaqin orada ishga tushiriladigan funksiyalar:

  • Hujjat loyihalarini ekspertizadan o‘tkazish – qonunchilik hujjatlari loyihalarini onlayn baholash imkoniyati;
  • Huquqiy amaliyotni tahlil qilish – foydalanuvchilarning bergan huquqiy keyslarini tahlil qilish orqali javob taqdim etish;
  • Hujjat loyihalarini tayyorlash – mustaqil hujjat tayyorlash konstruktori.

Hozirgi kunda Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasida 48 mingdan ortiq hujjatlar mavjud. Shuningdek, amaldagi hujjatlar soni 34 mingdan ortiq. Bundan tashqari, yaxlit hujjatlar – 28 mingdan, o‘zgartirish va qo‘shimchalar nazarda tutuvchi hujjatlar 5 700 dan ziyod.

Chat-botning bilimlar bazasi 604 mln belgidan ortiq bo‘lib, ushbu platformani yaratishda huquq va IT sohasidagi tajribali mutaxassislar 5 oydan ortiq vaqt davomida ishlashgan. Shu bilan birga, barcha texnologiyalar Open source manbalaridan foydalanmasdan, butunlay mustaqil ishlab chiqilgan.


Chat-bot hozirda sinov rejimida va huquqshunos-mutaxassislar tomonidan tekshirilmoqda. Tez orada barchaga ochiladi.

Ushbu loyiha O‘zbekiston fuqarolariga huquqiy bilimlarni yanada oson va tezkor yetkazib berish uchun mo‘ljallangan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 11815 | Инструменты