Toshkent xalqaro aeroportida uchib ketish terminalida (ro‘yxatdan o‘tish zali) joylashgan “Qo‘noq” brendi ostida kapsula mehmonxonasi ochildi. Bu haqda Uzbekistan Airports xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, endi yo‘lovchilar o‘z parvozlariga ro‘yxatdan o‘tishdan oldin steril bo‘lmagan hududda bemalol dam olishlari mumkin. Mini-mehmonxonada oltita zamonaviy kapsula mavjud — to‘rtta standart bir kishilik kapsula va ikkita oilaviy (ikki kishilik) kapsula.
Har bir kapsula individual yopiq joy bo‘lib, ortopedik matras, choyshablar to‘plami, qulay ortopedik matrasli krovat, individual shamollatish va yoritish tizimlari, “rozetka”lar va zaryadlash moslamalari uchun USB portlar bilan jihozlangan. Mehmonlarga qulaylik yaratish uchun shaxsiy seyf, oyna, kiyim ilgich va soatli ekran mavjud. Kapsula optimal mikroiqlimni saqlab turadi.
Bir kishilik standart kapsula tariflari:
Ikki kishilik standart kapsula tariflari:
Maʼlumot uchun, Toshkent aeroporti jo‘nash terminalining steril hududida ham ikki yildan buyon “Qo‘noq” brendi ostida mehmonxona faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 72306 | Инструменты