Toshkent xalqaro aeroportida “Istanbul-Toshkent” reysi bo‘yicha parvozini yakunlaganlar bojxonaning “yashil” yo‘lagidan o'tishgan.
Tekshiruvda bir yo'lovchi bagajining ichida shubhali buyumlar ko'ringan.
So'ng bagaj belgilangan tartibda ko‘zdan kechirilganda, yuklar orasidagi krossovka ichida 33 dona elektron tamaki chekishga mo‘ljallangan ruchkasimon veyp qurilmasi hamda 32 dona ularni quvvatlovchi moslamalar borligi aniqlandi.
Tekshirilganda, bu yuklarni yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida qayd ettirmagan va bojxona xodimining og‘zaki so‘rovida ham ma’lum qilmagani aniqlandi.
Shuningdek, bojxona xodimlarini shubhalantirgan regbi koptogi ochib ko‘rilganida esa uning ichida mato o‘ramlari orasiga yashirilgan holda 3 turdagi 72 dona o‘zidan o‘tkir hidli ampulalar borligi aniqlandi.
Mazkur ampulalardagi modda esa gashish moyi bo‘lib, bu ularning qadog‘ida ham aks ettirilgan.
Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 71712 | Инструменты