Huawei 1
Toshkentda 122 ta masjidda Qurbon hayiti namozi o‘qiladi

Ma’lum qilinishicha, Hayit namozini yuqori saviyada va tartibli o‘tkazish, fuqarolarga zarur shart-sharoit yaratish va ularning xavfsizligini ta’minlash maqsadida 6-iyun soat 00:00 dan 08.00 gacha poytaxtning quyidagi ko‘chalari va yo‘llarida avtotransport vositalarining harakati vaqtincha cheklanadi:

Mirzo Ulug‘bek tumani
— "To‘ra buva" masjidi oldidagi Buyuk Ipak yo‘li ko‘chasi – Sho‘rtepa ko‘chasidan, Buyuk Ipak yo‘li – Sultoniya ko‘chasigacha.
Bektemir tumani
— "Xo‘ton" masjidi oldidagi Bektemir shoh ko‘chasi – Xusayn Boyqaro ko‘chasidan , Bektemir yo‘li ko‘chasigacha.
Olmazor tumani
— "Islomobod" masjidi oldidagi KXAY ko‘chasi, KXAY – Sag‘bon ko‘chalari chorrahasidan, Nurafshon – Sag‘bon ko‘chalari chorrahasigacha.
— "Hazrati imom" masjidi oldidagi Qorasaroy ko‘chasi, Qorasaroy – Nurafshon ko‘chalari chorrahasidan, Qorasaroy – Abdulla Qodiriy ko‘chalari chorrahasigacha.
— "Do‘stjonboy" masjidi oldidagi Sag‘bon – Sag‘bon 12-tor ko‘chalari kesishmasidan, Keles yo‘li – Noraztepa ko‘chalari chorrahasigacha.
Shayxontohur tumani
— "Shayx Zayniddin" masjidi oldidagi Ko‘kcha Darvoza – Nurafshon ko‘chalari chorrahasidan, Ko‘kcha Darvoza – Beshqayrag‘och ko‘chalari chorrahasigacha.
— "Xo‘ja Allambardor" masjidi oldidagi Bunyodkor – Kamolon ko‘chalari chorrahasidan, Kamolon – Ustazoda 2-tor ko‘chalari chorrahasigacha.
— "Kox ota" masjidi oldidagi Sebzor ko‘chasi, Nurafshon – Sebzor ko‘chalari chorrahasidan, Nurafshon – Labzak ko‘chalari chorrahasigacha.
Chilonzor tumani
— "Ubay ibn Ka’b" masjidi oldidagi Al Xorazmiy ko‘chasi, Al Xorazmiy – Xirmontepa ko‘chalari chorrahasidan, Al Xorazmiy – Katta qani chorrahasigacha.
— "Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf" masjidi oldidagi So‘galli ota ko‘chasi, Al Xorazmiy – So‘galli ota ko‘chalari kesishmasidan, Xonabod 2-berk ko‘chasidan – So‘galli ota ko‘chasigacha.
— "Novza" masjidi oldidagi Bunyodkor – Muqimiy ko‘chalari kesishgan ko‘prik ostidan, Oliy Majlis binosi qarshisigacha
Uchtepa tumani
— "Abdulloh ibn Ma’sud" masjidi oldidagi Lutfiy ko‘chasi, Lutfiy – Xirmontepa ko‘chalari chorrahasidan, Lutfiy – Katta qa’ni ko‘chalari chorrahasigacha.
— "Hazrati Ali" masjidi oldidagi Nazarbek – Mahorat ko‘chalari chorrahasidan, Nazarbek – Zamaxshariy 1-tor ko‘chalari chorrahasigacha.
Yunusobod tumani
— "Minor" masjidi oldidagi KXAY ko‘chasi, KXAY – Ko‘rgazma ko‘chalari chorrahasidan, KXAY – Sh.Rashidov ko‘chalari chorrahasigacha.
— "Mirzo Yusuf" masjidi oldidagi Bog‘ishamol ko‘chasidan, Shivli ko‘chasigacha.
Yakkasaroy tumani
— "Usmon bin Ma’zun" masjidi oldidagi KXAY ko‘chasi, KXAY – Qushbegi chorrahasidan, KXAY – Fayzli Toshkent ko‘chalari chorrahasigacha.
Sergeli tumani
— "Nurul Islom" masjidi oldidagi TXAY – Fayzli Toshkent ko‘chalari chorrahasidan, TXAY – Qumariq ko‘chalari chorrahasigacha.
Yashnobod tumani
— "Islom ota" masjidi oldidagi Farg‘ona yo‘li ko‘chasi, Farg‘ona yo‘li – Fitrat ko‘chalari chorrahasidan, Farg‘ona yo‘li – Tolimarjon ko‘chalari chorrahasigacha.
Mirobod tumani
— "Qo‘yliq ota" masjidi oldidagi TXAY ko‘chasi – Qo‘yliq bozori ko‘prik ostidan, TXAY – Munis ko‘chalari chorrahasigacha cheklanadi.

Eslatib o‘tamiz, fuqarolarga qulaylik yaratish maqsadida 6-iyun kuni Toshkent shahridagi jamoat transportlari ya’ni avtobus yo‘nalishlari va metropoliten soat 03:00 dan o‘z harakatini boshlaydi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 60619 | Инструменты