Toshkent shahrida qizlar bilan ijarada yashab kelgan 16 yoshli qiz ko'p qavatli uyning 3-qavatidan o‘zini tashladi. Bu haqda "Millar" dasturida ma’lum qilindi.
Aniqlanishicha, qiz yashab kelgan uyda kelib chiqqan janjal sabab o‘zini tepadan tashlab yuborgan.
Shifokorning aytishicha, bemor olib kelinganda uning umumiy ahvoli og‘ir bo‘lgan. Unga miya chayqalishi, qorinning yopiq jarohati va o‘ng boldir va tovon suyaklarining sinishi tashxisi qo‘yilgan. Hozirda qiz shifoxonada davolanmoqda.
Shuningdek, qiz uzoq viloyatdan kelgan bo‘lib, hozircha uning qayerda ishlashi yoki o‘qishi haqida ma’lumot berilmagan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 60809 | Инструменты