Amerikalik tadbirkor va Tesla va SpaceX kompaniyalari egasi Ilon Mask Qo‘shma Shtatlarda yangi siyosiy kuch — «Amerika partiyasi»ni tashkil qilish niyatida ekanini aytdi.
Bu haqda milliarder X ijtimoiy tarmog‘ida AQSH prezidenti Donald Tramp bilan kelishmovchiliklar ortidan maʼlum qildi.
Maskning taʼkidlashicha, yangi partiya «amerikaliklarning 80 foizini markazchi qarashlarini» ifodalashi mumkin.
«Qo‘shma Shtatlarda 80 foiz moʻtadil ko‘pchilikni haqiqiy ifodalovchi siyosiy partiya yaratish vaqti keldimi?», deb so‘radi u obunachilardan.
Mask tomonidan o‘tkazilgan onlayn so‘rov shuni ko‘rsatdiki, ishtirokchilarning 80,4 foizi yangi siyosiy kuch yaratish g‘oyasini qo‘llab-quvvatlagan, 19,6 foizi esa qarshi chiqqan.
«Xalq o‘z fikrini aytdi. Qo‘shma Shtatlarga moʻtadil ko‘pchilikni ifodalovchi yangi partiya kerak. 80 foiz odam bunga rozi. Bu taqdir», deb yozdi Mask ovoz berish natijalarini sharhlar ekan.
Avvalroq, Mask Tramp vaʼda qilgan soliq imtiyozlarini amalga oshirishga qaratilgan qonunini tanqid qilgandi. Bunga javoban Tramp uni aqldan ozganlikda aybladi. Shundan so‘ng, ikkalasi o‘rtasida o‘zaro ayblovlar bilan ommaviy mojaro kelib chiqdi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 60812 | Инструменты