Huawei 1
Toshkentda 19 yashar yigit daraxtga osilgan holda topildi

Bosh prokuratura Matbuot kotibi Hayot Shamsutdinovning xabar qilishicha, 2025 yilning 31 may kuni taxminan soat 06:30 larda Toshkent shahar Yashnobod tumani “M.Riyoziy” MFYda joylashgan daraxtda 2006 yilda tug‘ilgan sirdaryolik yigit arqonga osilgan holdagi murdasi aniqlangan.

Hodisa joyi tezkor-tergov guruhi tomonidan ko‘zdan kechirilgan va sud-tibbiyot ekspertizasi tayinlangan. Hozirda mazkur holat yuzasidan Yashnobod tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 61213 | Инструменты