Huawei 1
Toshkentda 2 erkak tanishini bo‘g‘ib, o‘ldirdi

Toshkentda 2 erkak tanishini bo‘g‘ib, o‘ldirdi. Sudlanuvchilar 1986 va 1981 yilda tug‘ilgan. Janjalga fuqarolar o‘rtasidagi qarz sabab bo‘lgan. Sudlanuvchi jabrlanuvchidan qarz olib, uni vaqtida qaytarib bermaydi. Oqibatda sudlanuvchi tanishi bilan birga jabrlanuvchini o‘ldirish rejasini tuzadi.

“Men marhumni umuman tanimas edim. Faqat hamkasbim bilan urishganligi uchun o‘rtasiga qo‘shildim. Jabrlanuvchi sherigimdan “14 500 AQSH dollari berishing bor, bugun bergin”,- deb so‘radi. Keyin sherigim “2 kun muhlat ber. Bitta joydan pul kelishi bilan qaytaraman”,- dedi. So‘ngra sherigim bilan so‘kishib ketishdi”,- deydi sudlanuvchilardan biri.

Aniqlanishicha, fuqarolar marhumni o‘ldirgandan so‘ng jasadni Matiz avtomobiliga ortishadi. 1-sudlanuvchi aybini yashirish uchun marhumni qayerda ekanligini bilsa-da, uni oilasiga qo‘shilib, birgalikda izlaydi. 2-sudlanuvchi esa marhumni mashinada bir necha soat olib yurib, uni xilvat joyga tashlab ketadi.

Holat yuzasidan sud ishi JIB Shayxontohur tuman sudida ko‘rib chiqildi.

Sud hukmiga ko‘ra, sudlanuvchi fuqarolar JKning 97-moddasi 2-qismi “v”, “i”, “p” bandlari, 168-moddasi 4- qismi “a” bandi, 169-moddasi 3 qismi “a” bandi, 267-moddasi 2-qismi “b” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topildi. Ularga nisbatan 20 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 61316 | Инструменты