Toshkentda 25 dekabrdan ayrim ko‘chalarda harakat vaqtincha cheklanadi

Toshkent shahri Sergeli tumanida 2025 yil 25 dekabr kunidan tun-u kun (24/7) faoliyat yuritadigan gastronomik turizm ko‘chasida yangi yil tadbirlari o‘tkazilishi munosabati bilan qator ko‘chalarda transport vositalari harakati vaqtincha cheklanadi.

Xususan, quyidagi uchastkalarda harakatga cheklov kiritiladi:

  • So‘g‘diyona ko‘chasi — Yangi Sergeli ko‘chasi kesishmasidan Jaloyir va Bag‘rikeng ko‘chalari kesishmasigacha bo‘lgan qismi;

  • Jaloyir ko‘chasi — So‘g‘diyona ko‘chasi kesishmasidan Obihayot ko‘chasi kesishmasigacha bo‘lgan qismi.

Shuningdek, Bektemir tumanida 2025 yil 25 dekabrdan boshlab Chirchiqbo‘yi ko‘chasining maʼlum qismida, “Coca-Cola Garden” bog‘ida o‘tkaziladigan bayram tadbirlari hamda fuqarolar xavfsizligini taʼminlash maqsadida avtomobillar harakati vaqtincha cheklanadi.

Mazkur yo‘nalishdan harakatlanuvchi haydovchilarga aylanma yo‘llardan foydalanish, harakatni oldindan rejalashtirish tavsiya etildi.

Cheklov muddati: 2025 yil 25 dekabrdan 2026 yil 10 yanvargacha.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122415 | Инструменты