Joriy yilning 22 noyabr kuni “Toshkent-AERO” IBK Kontrabandaga qarshi kurashish shuʼbasi xodimlari tomonidan Yakkasaroy tumanida tezkor-qidiruv tadbiri o‘tkazilgan. Bu haqda “Toshkent-AERO” IBK Matbuot xizmati xabar qildi.
Tadbir davomida oldindan kuzatuvga olingan O‘zbekiston fuqarosining Lacetti rusumli avtomashinasi ko‘zdan kechirilgan. Natijada mashinaning old qismida 5 dona "iPhone 16 Pro Max", 7 dona "iPhone 16 Pro", 8 dona "iPhone 15 Pro Max", 9 dona "iPhone 15 Pro" rusumli, jami 29 dona bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazilmagan, muqaddam respublika hududiga noqonuniy yo‘llar bilan olib kirilgan uyali aloqa vositalari borligi aniqlangan.
Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro mazkur telefonlarni "shartli xaridor"ga sotayotgan vaqtida tezkor xodimlar tomonidan to‘xtatib qolingan.
Maʼlumot o‘rnida, smartfonlarning umumiy qiymati 400 mln so‘mni tashkil qilmoqda.
"Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda",- deyiladi xabarda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 112520 | Инструменты