2025 yil 13 may kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Yashnobod tuman sudida voyaga yetmagan qizga shilqimlik qilgan erkakka jazo tayinlandi.
Sud hujjatlariga ko‘ra, 1975 yilda tug‘ilgan erkak 26 aprel kuni Yashnobod tumani Aviasozlar 2-dahasi, 32-uyning liftida voyaga yetmagan 2010 yilda tug‘ilgan qizning yelkasi va bel qismini silagan holda unga tegajog‘lik qilib, shilqimlik qilgan.
Sud majlisida maʼmuriy huquqbuzar erkak yuqoridagilarni tasdiqlab, hozirda qilgan ishidan pushaymonligini, mazkur holat qayta takrorlamasligini, unga nisbatan yengilroq jazo tayinlashni so‘rab, ko‘rsatma bergan.
Sud qarori bilan erkakka MJtKning 41-1-moddasi 1-qismi bilan 5 sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlandi. Jazo o‘tash muddati 2025 yil 13 may kuni soat 09:00 dan boshlab hisoblanishi belgilandi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 51420 | Инструменты