Toshkent shahrida joylashgan masjidlarda faoliyat olib borgan 8 nafar imom-xatib, 10 nafar imom noibi vazifasidan ozod etildi hamda 2 nafar imom-xatib va 2 nafar imom noibiga hayfsan intizomiy chorasi qo‘llanildi. Bu haqda 11 sentyabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy shayx Nuriddin Xoliqnazarov Toshkent shahar imom-xatiblarining tanqidiy-tahliliy yig‘ilishida ma’lum qildi.
Tanqidiy masalalar muhokamasida ayrim imom-domlalar zimmasidagi birlamchi vazifasiga jiddiy yondashmayotgani, mo‘min-musulmonlar ehtiyojini ta’minlashda yetarli sa’y-harakat qilmayotgani va ijro intizomidagi nuqsonlar qattiq tanqid ostiga olindi.
Shuningdek, belgilangan tartib-qoidalar, mehnat shartnomalari talablari va lavozim yo‘riqnomalariga rioya etmayotgan imom-domlalarga chora ko‘rilgani aytildi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122211 | Инструменты