Toshkentda amaliy fanlar universiteti ochiladi
Vazirlar Mahkamasining “Toshkent amaliy fanlar universitetini tashkil etish to'g'risida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.
“University of Tashkent for Applied Sciences” mas'uliyati cheklangan jamiyati muassisligidagi Toshkent amaliy fanlar universitetida dastlabki bosqichda “Biznes axborot tizimlari”, “Biznes boshqaruvi”, “Axborot xavfsizligi” hamda “Elektron tijorat” bakalavriat ta'lim yo'nalishlari bo'yicha talabalar qabuli amalga oshiriladi.
Qaror loyihasida universitet Toshkent shahar, Yunusobod tumanida joylashtirilishi ko'zda tutilgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 61611 | Инструменты