Huawei 1
Toshkentda Amir Temur xiyoboni bo‘ylab otlar paradi tashkil etiladi

1 iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan shu kuni soat 18:00 da Amir Temur xiyoboni bo‘ylab Toshkent shahri hamda viloyati kuch tuzilmalarining otliq bo‘linmalari ishtirokidagi otlar paradi bo‘lib o‘tadi.

Milliy gvardiya xabariga ko‘ra, bu kabi tadbirlar  muhim sanalar oldidan respublika bo‘ylab o‘tkazilyapti.

Qayd etilishicha, Bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan bunday tadbirlar 3 kun davomida viloyatlar kesimida tashkil etilishi rejalashtirilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72703 | Инструменты