Huawei 1
Toshkentda avariya holatini keltirib chiqaruvchi xavfli manyovrlar qilgan Spark haydovchisiga chora ko'rildi

Ijtimoiy tarmoqda Spark rusumli transport vositasi haydovchisi Lacetti rusumli transport vositasi haydovchisiga avariyaviy xavfli holat qilganligi aks etgan video tarqaldi.

Holat Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan o‘rganildi.

Ma'lum qilinishicha, haydovchi 2004-yilda tug’ilgan A.I.ga nisbatan harakat davomida avariyaviy xavfli holat qilib harakatlanganligi yuzasidan O'zbekiston Respublikasi MJTKning 128⁵-moddasiga muvofiq ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi hamda haydovchi bilan profilaktik suhbat olib borildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 121616 | Инструменты