Joriy yil 11-iyun kuni ijtimoiy tarmoqlarda avtobus haydovchisi quvib o‘tish qoidasini buzganligi aks etgan videolar tarqaldi. Holat yuzasidan “Toshshahartransxizmat” axborot xizmati rasmiy ma'lumot berdi

Joriy yilning 22-may kuni soat 16:15 larda, 72-sonli yo‘nalishda harakatlanuvchi “Yutong” rusumli eletrobus  haydovchisi yo‘nalish vaqtida quvib o‘tish qoidasini buzib "Spark" rusumli yengil avtomobil harakatiga xavf solgan.

Mazkur holat yuzasidan, “Toshshahartransxizmat”ning Harakat xavfsizligini nazorat qilish bo'limi xodimlari tomonidan tezkor surishtiruv ishlari o‘tkazilgan. Unda, mazkur qoidabuzarlikni amalga oshirgan avtobus "2-Avtobus saroyi" filiali tasarrufidagi 72-sonli yo‘nalishda harakatlanuvchi  haydovchi T.S (1976-yilda tug'ilgan) tomonidan amalga oshirilganligi aniqlandi.

Hozirda "2-Avtobus saroyi" filiali tomonidan yo‘nalish vaqtida quvib o‘tish qoidasini qo'pol ravishda buzganligi, yo‘lovchilar hayotini xavf ostiga qo‘ygani, harakat xavfsizligi qoidalariga rioya qilmagani hamda korxonaning tartib qoidalarini buzganligi uchun ushbu haydovchiga belgilangan tartibda chora ko'rish va bayonnoma rasmiylashtirish maqsadida, Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi xodimlariga taqdimnoma kiritilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 40513 | Инструменты