Huawei 1
Toshkentda avtobus va yuk avtomobili to‘qnashdi, jarohatlanganlar bor

Toshkent shahrida Mercedes-Benz rusumli avtobus va yuk avtomobili ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. "Toshshahartransxizmat" xabariga ko‘ra, bugun, 29 noyabr kuni soat 06:50 larda «4-Avtobus saroyi» filiali tasarrufidagi Mercedes-Benz rusumli 132-sonli yo‘nalishda harakatlanayotgan, haydovchi A.S boshqaruvidagi avtobus ishtirokida YTH yuz bergan.

Qayd etilishicha, avtobus Yangihayot tumani, Binokor ko‘chasi bo‘ylab «Toshkent» MFY tomonga harakatlanish uchun orqaga qayrilayotgan vaqtda, Binokor ko‘chasining qarama-qarshi tomonidan harakatlanib kelayotgan MAN rusumli yuk avtomobili kelib urilgan. 

Toshkent shahar IIBB YHXBning "Uzreport.news"ga ma'lum qilishicha, ushbu yo‘l-transport hodisasi natijasida 4 nafar avtobus yo‘lovchisi yengil tan jarohati olgan va ularga tez tibbiy yordam ko'rsatilgan. Shuningdek, avtobus va yuk avtomobili texnik shikastlangan.

Ushbu yo‘l-transport hodisasi Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtirilgan, mas’ul xodimlar tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72715 | Инструменты