Huawei 1
Toshkentda avtobusning yengil transportga nisbatan samaradorligi 135 barobarni tashkil etdi

Toshkent shahri misolida avtobusning yengil transportga nisbatan samaradorligi 135 barobarni tashkil etmoqda, deya xabar qildi Transport vazirligi matbuot xizmati.

Tahlillarga ko‘ra, bitta yengil avtotransport vositasida bir kunda o‘rtacha 4,3 ta yo‘lovchi, bitta avtobusda esa o‘rtacha 580 ta yo‘lovchi tashilmoqda.

O‘tkazilgan transport makromodeli tahlillariga ko‘ra poytaxtdagi mobil aholining kunlik harakatlanish (qatnov) soni o‘rtacha 9 mln.tani tashkil etib, shundan 6 mln qatnov transportda amalga oshiriladi.

Transportda amalga oshirilayotgan qatnovlarning 1,7 mln.tasi (28 foiz) jamoat transporti, 4,3 mln.tasi yengil avtotransport hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.

Toshkentning transport vositalari doimiy harakatlanadigan asosiy 73 ta ko‘chasining uzunligi 472 kmni tashkil etib, o‘rtacha 380-400 mingta avtotransport harakatlanishiga mo‘ljallangan.

Hozirda shaharda kun davomida o‘rtacha 1 millionga yaqin avtotransport harakatlanmoqda. Bu yo‘llarda bir vaqtda harakatlanish sig'imidan 2 barobar ko‘p.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122622 | Инструменты