Maʼlum qilinishicha, 2022 yilda Toshkent viloyatida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan. Ushbu YTHga sababchi bo‘lgan haydovchining iltimosiga ko‘ra, haydovchilar orasiga marhum erkak qo‘shiladi. Oraga qo‘shilgan marhum ayni vaqtda sudlanayotgan erkakdan YTH bo‘yicha davo qilmasligini so‘raydi. Shundan so‘ng, ular o‘rtasida kelishmovchilik yuzaga kelgan.
Joriy yilning yoz oylarida YTH sabab yelkasidan jarohatlangan va ayni vaqtda sudlanayotgan erkak o‘rtaga tushgan marhum fuqaroni Uchtepa tumaniga chaqirgan va unga o‘zi bilan olib kelgan pichoq yordamida tan jarohati yetkazgan.
Holat yuzasidan sud ishi JIB Uchtepa tumani sudida ko‘rib chiqildi.
Aniqlanishicha, jarohatlangan erkak yaqindagi xususiy klinikaga kiradi. Sudlanuvchi esa uni orqasidan quvlagan. Bu jarayonlarning barchasi kuzatuv kamerasiga tushib qolgan. Sudlanuvchi zinada erkakka yetib olib, yana unga jarohat yetkazgan. O‘sha vaqtni o‘zida sudlanuvchi xodimlar tomonidan qo‘lga olingan.
Tanasining bir nechta joylaridan jarohat olgan erkak ko‘rsatilgan yordamlarga qaramasdan, voqea joyida vafot etgan.
Sud hukmiga ko‘ra, sudlanuvchi JKning 97-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topilib, unga nisbatan 15 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 112713 | Инструменты