Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrida bir yigit xorijlik fuqaroga nos chekishni taklif qilayotgani aks etgan video tarqaldi. Unda yigit chet ellikka nos chektirmoqchi bo‘ladi, so‘kadi va urish bilan tahdid qiladi.
«Chekasan! Hozir uraman. Senga O‘zbekiston bedarvozami? Nosni chek», deydi yigit videoda.
Toshkent shahri IIBB tomonidan o‘tkazilgan tekshiruv jarayonida voqea 25 yanvar kuni Chilonzor tumanidagi istirohat bog‘larining birida sodir bo‘lgani aniqlangan.
«20 yoshli M.K. chet el fuqarosiga nos tamaki mahsulotini chekishni taklif qilgan holda uyatli so‘zlar bilan so‘kinib, jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan buzgan», deyiladi xabarda.
Holat yuzasidan Chilonzor tumani IIO FMB tomonidan unga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (Mayda bezorilik) bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.
Ommaviy axborot vositalarida tarqalgan xabarga ko‘ra, sud unga 5 kunlik maʼmuriy qamoq jazosini tayinlagan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 13011 | Инструменты