2024-yil 12-mart kuni soat 21:30 haydovchi 2000 yilda tug'ilgan X.U. Cobalt rusumli avtomashinani boshqarib ketayotib, rul boshqaruvini yo'qotib, yo'l chetidagi reklama banneriga urilishi natijasida yo'l transport hodisasi sodir bo'lgan.
Yo‘l transport hodisasi natijasida Cobalt avtomashinasi haydovchisi tan jarohat olib shifoxonaga yotqizilgan.
Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 60601 | Инструменты