Huawei 1
Toshkentda KIA va Malibu ishtirokida YTH sodir bo’ldi

Joriy yilning 27-yanvar kuni soat 21:00 larda Shayxontohur  tumani Ko'kcha Darvoza ko'chasi Mumtoz tuyxonasi qarshisida 1995-yilda tug'ilgan F.R.  boshqaruvida bo'lgan KIA rusumli avtomashinasi hamda Malibu 2 rusumli avtomashina (haydovchisi shifoxonaga olib ketilgan shaxsiga aniqlik kiritilmoqda) ishtirokida yo'l transport hodisasi sodir bo'lgan.

YTH natijasida Malibu 2 rusumli avtomashinasi haydovchisi tan jarohat olib, shifoxonaga yotqizilgan.

Holat bo'yicha Toshkent shahar IIBB YHXB mas'ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 70506 | Инструменты