Ijtimoiy tarmoqlarda nomaʼlum shaxs ko‘p qavatli uy yo‘lagida pichoq ko‘targan holda harakatlanayotgani aks etgan video tarqalishi yuzasidan qo‘shimcha maʼlumot berildi.
Maʼlum qilinishicha, joriy yilning 5 yanvar kuni soat 01:35 larda 1984 yilda tug‘ilgan O.S. mast holatda Yashnobod tumanidagi ko‘p qavatli uylardan birida qo‘shnisi D.Yu.ning eshigini taqillatib, uni bezovta qilgan. U jamoat joyida bo‘la turib, sovuq qurol sifatida foydalanilishi mumkin bo‘lgan ashyoni qonunga xilof ravishda olib yurgan holda jamoat tartibini buzgan.
Holat bo‘yicha tuman ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan tezkorlik bilan chora ko‘rilib, huquqbuzar maʼmuriy tartibda ushlangan.
Yashnobod tumani IIO FMB tomonidan fuqaro O.S.ga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (“Mayda bezorilik”), 185-2-moddasi (“Sovuq qurolni yoki sovuq qurol sifatida foydalanilishi mumkin bo‘lgan ashyolarni olib yurish”), 194-moddasi (“Ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik”) bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.
To‘plangan hujjatlar jinoyat ishlari bo‘yicha Yashnobod tumani sudiga yuborilgan. Sud qarori bilan ushbu shaxsga maʼmuriy qamoq jazosi tayinlangan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 10721 | Инструменты