Toshkent shahrida istiqomat qiluvchi B.I. ota-onasi 2012-yilda oilaviy kelishmovchiliklar sababli ajrashgandan soʻng otasining qaramogʻida boʻlgan. Biroz muddat oʻtganidan soʻng uning onasi boshqa turmush qurib Turkiya davlatiga joʻnab ketgan.
Bolaning otasi ham boshqa ayolga uylangan. Oʻgay ona tomonidan voyaga yetmagan B.I. ga nisbatan doimiy davom etgan qiynoq va zulm bolani oʻz uyidan chiqib ketishiga sabab boʻlgan.
B.Ining qarovsiz qolishi natijasida uning taʼlim olishi, tarbiyasi izdan chiqib ketganligi aniqlandi. Bu holat yuzasidan “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi voyaga yetmagan B.I. tahsil olayotgan maktab maʼmuriyati xabar topib, bola “Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markazi”ga joylashtirildi.
Hozirda uning ruhiy holatini yaxshilash borasida tegishli masʼullar tomonidan belgilangan tartibda amaliy ishlar olib borilmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122404 | Инструменты