Huawei 1
Toshkentda o‘smir 5-qavatdan tushib ketib, vafot etdi

Toshkentda 15 yoshli o‘smir yashash xonadonining derazasidan tushib ketib, vafot etdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov maʼlum qildi.

Joriy yilning 4 avgust kuni Sergeli tumanida istiqomat qiluvchi 2009 yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan X.S. yashash xonadonining 5-qavat derazasidan o‘z ehtiyotsizligi oqibatida yerga tushib ketgan. U tez yordam mashinasida RSHTYOIMga olib kelingan va tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Ammo muolajalarga qaramasdan, o‘smir vafot etgan.

Marhum 2-guruh nogironi bo‘lganligi, shuningdek, aqli zaifligi sababli ruhiy asab kasallar dispanserida ro‘yxatda turganligi maʼlum bo‘lgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 100223 | Инструменты