Huawei 1
Texnikumlarda xorijiy taʼlim tashkilotlari ishtirokida qo‘shma taʼlim dasturlarini joriy etish tartibi belgilandi

Hukumat qarori (614-son, 30.09.2025-y.) bilan “Texnikumlarda xorijiy taʼlim tashkilotlari ishtirokida qo‘shma taʼlim dasturlarini joriy qilish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.

Nizomga ko‘ra, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi mazkur sohada vakolatli davlat organi hisoblanadi.

Ariza beruvchi qo‘shma taʼlim dasturini joriy etish uchun belgilangan hujjatlarni ilova qilgan holda vakolatli organga ariza bilan murojaat qiladi.

Vakolatli organ 15 ish kuni mobaynida arizani ko‘rib chiqadi.

Belgilangan talablar bajarilganda hamda O‘zbekistonning kadrlar tayyorlash sohasiga mos bo‘lganda, qo‘shma taʼlim dasturini joriy etish bo‘yicha ijobiy xulosa beriladi.

Ijobiy xulosaga asosan texnikum bilan xorijiy taʼlim tashkiloti o‘rtasida kelishilgan muddatlarda belgilangan tartibda shartnoma rasmiylashtiriladi.

Qo‘shma taʼlim dasturi asosida o‘quvchilar texnikum tomonidan hamkor xorijiy taʼlim tashkiloti bilan kelishilgan holda tasdiqlangan tartibga muvofiq o‘qishga qabul qilinadi.

Bitiruvchilarga xorijiy taʼlim tashkiloti joylashgan davlatda hamda O‘zbekistonda tan olinadigan kvalifikatsiya (davlat namunasidagi diplom yoki sertifikat) beriladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 100217 | Инструменты