Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) mutaxassislari 2023-yilning oktyabr oyida Toshkent shahrida uy-joy uchun ijara narxlarini tahlil qildi.
Ma'lum bo'lishicha, 2023-yilning oktyabr oyida poytaxtda barcha turdagi xonadonlar uchun taklif etilayotgan ijara narxlari o‘tgan yilning mos davridagiga nisbatan arzonlashgan.
Bir xonali xonadon uchun o‘rtacha ijara narxi 370 dollardan 348 dollarga (-5.9 foizga) tushgan bo‘lsa, ikki xonali xonadonlar uchun 474 dollardan 437 dollarga (-7.8 foiz), uch xonali xonadonlar uchun 611 dollardan 526 dollarga (-13.9 foiz), to‘rt xonali xonadonlar uchun 729 dollardan 633 dollarga (-13.2 foiz) arzonlashgan.
Xususan, ushbu turdagi bir xonali xonadon uchun o‘rtacha ijara narxi 557 dollardan 508 dollarga (-8.8 foizga), ikki xonali xonadonlar 695 dollardan 651dollarga (-6.3 foiz), uch xonali xonadonlar 867 dollardan 790 dollarga (-8.9 foiz), to‘rt xonali xonadonlar 1102 dollardan 930 dollarga (-15.6 foiz) tushgan.
2022-yilda Toshkent shahriga relokantlar oqimining ko‘payishi hamda yangi o‘quv yili boshlanishi bilan talabalar tomonidan ijaraga bo‘lgan talabning oshishi natijasida o‘tgan yilning sentyabr-oktyabr oylarida ijara narxlari sezilarli darajada oshib ketgan edi.
Toshkent shahri tumanlarida o’rtacha ta’mirlangan uylar uchun taklif etilayotgan narxlar:

Alpha version: 0.9.1.19 build 52621 | Инструменты