Ijtimoiy tarmoqlarda "O‘zi bilan yashashni xohlamagan o‘g‘lini kaltaklayotgan ota” sarlavhasi ostida video tarqaldi.
Aniqlanishicha, 2024-yilning 23-mart kuni Surxondaryo viloyati, Denov tumanida tug‘ilgan voyaga yetmagan E.Ya. Toshkent shahar, Chilonzor tumanidagi tog‘asiga tegishli qurilish mollari do‘konida bo‘lgan vaqtida otasi M.X. (1981-yilda tug’ilgan) kelib, E.Ya. ni o‘zi bilan olib ketishini aytgan vaqtida E.Ya. u bilan ketishni xohlamasligini, otasi bilan onasining o‘zaro janjallari sabab ular bilan birga yashamasligini ma’lum qilganida, otasi zo‘rlik ishlatib olib ketmoqchi bo‘lgan.
Mazkur holat bo‘yicha tuman IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilgan.
O‘rganish davomida aniqlanishicha, bu oilada er va xotin o‘rtasida o‘zaro kelishmovchilik holatlari muntazam ravishda kuzatilganligi sababli joriy yilning 2-fevral kuni O‘rtachirchiq tumani IIB tomonidan M.X. ni tazyiq harakatlarini cheklash maqsadida uning turmush o‘rtog‘i S.M. ga himoya orderi berilgan.
O‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari natijasiga ko‘ra, ma’muriy ish qo‘zg‘atilib, materiallar qonuniy hal etilishi uchun Jinoyat ishlari bo‘yicha sudiga yuborilgan.
2024-yilning 27-aprel kuni M.X. sud tomonidan MJtKning 183 (Mayda bezorilik) va 185 (2) moddalari (Sovuq qurolni yoki sovuq qurol sifatida foydalanilishi mumkin bo‘lgan ashyolarni olib yurish) bo’yicha aybdor deb topilib, unga 5 sutka qamoq jazosi tayinlandi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 111705 | Инструменты